Bo‘lgan voqea: Sirli sovg‘a
Men boy-badavlat oilaning farzandiman. Otam neft kompaniyasi rahbarlaridan biri bo‘lib, juda boy, taqvodor odam edi. Men nufuzli oliygohda o‘qir edim. Va agar a’lo baholarga bitirsam, otam menga o‘zim xohlagan rusumdagi avtomobilni olib berishini aytgandi. Gohida salonga kirib uni ko‘rib chiqar edim.
Va nihoyat bitiruv onlari yaqinlashgach, men otamning bu va’dasini eslatdim. Otam jilmayib qo‘ydi. Indamadi.
Bitiruv kechasi ham bo‘lib o‘tdi. Men uyimizni zinalaridan chiqar ekanman. Ko‘z oldimda va’da qilingan sovg‘ani ko‘rinar, buni tasavvur qilar edim.
Otam kabinetini ochdim. Ro‘paramda ko‘zlari quvonchga to‘la otam turar edi. Meni tabrikladi. Va qo‘lidagi oltin g‘ilofli "QUR’ON" kitobini menga uzatdi.
Hafsalam pir bo‘ldi. Men otamga:
- Nahotki sizday boy odam, menga faqat shuni ilingan bo‘lsangiz. Axir yakka o‘g‘lingizman. Tilagimni bajarish shunchalar qiyinmidi? - dedimda kitobni tashlab chiqib ketdim.
Uzoq vaqt otamga bo‘lgan arazim tarqamadi...
Oradan yillar o‘tdi... Uylandim, farzandlarim ko‘paydi. Meni boshqa davlatga ishga qo‘yishdi...
Bir kuni menga xat keldi. Otam vafot etib bor mulkini menga rasmiylashtirib qoldiribdi.
Uyga kirdim. Koridordan otam xonasiga kirar ekanman, bo‘g‘zimda yig‘i qotdi.
Otam seyfini ochdim. Qimmatbaho aksiyalar va boshqalar ustida o‘sha oltin g‘ilofli "QUR’ON" kitobi turar edi.
Varaqladim va ne ko‘z bilan qarayki, ichida o‘sha davrimda nomimga rasmiylashtirilgan, men xohlagan rusumdagi avtomashina kaliti va hujjati turar edi...
Tilimdan shu so‘zlar uchdi: “Eh, otajonim, mendan rozi bo‘ling. Odamzod faqat o‘zi aqli yetgan yo‘ldan baxtni kutar ekan. Allohni esa yo‘llari ko‘p!”.