Bo‘lgan voqea: To‘ng‘ich qizning baxti
Besh qizi bor otaning besh qiziga to‘rtta sovchi kelibdi. Yoshiga qarab: avval kattasi, undan keyingisi... Lekin katta qiz turmushga chiqishdan bosh tortibdi. Chunki u otasiga qarashni ko‘ngliga tukkan edi.
To‘rt singil turmushga chiqib ketdi. Katta opa otaga qarar, parvona bo‘lar edi. Ota vafot etdi. U bolishi tagida vasiyatnoma qoldirgan ekan. Unda "Katta opalaring turmushga bermaguncha merosni bo‘lmanglar. Chunki u sizlarning baxtingiz uchun o‘zini qurbon qildi", deb yozilgan edi.
Biroq singillar vasiyatni amalga oshirishdan bosh tortishdi. Uyni tezroq sotib, ulushlariga ega bo‘lishni xohladilar. Opaning qayerga borishi ular uchun e’tiborsiz edi.
Uy sotiladigan bo‘ldi. Katta opa xaridorga boshidan o‘tkazganlarni so‘zlab berib, boshpana topguncha sabr qilib turishini iltimos qildi. Xaridor rozi bo‘ldi.
Uy sotilgach, qizlar o‘rtasida meros taqsim qilindi.
Katta opa otasiga mehribon qanoat va imon sohibasi edi. Bir oylarcha o‘tgach, uyning yangi egasi keldi. To‘ng‘ich qiz endi meni chiqarib yuborarmikan, deb o‘yladi.
- Meni kechiring. Hali turadigan joy topmagan edim, - dedi iymanib.
Xaridor - bir yil avval ayoli vafot etgan kishi bo‘lib, ko‘pdan buyon o‘ziga munosib turmush o‘rtoq izlar edi. U rozi bo‘lsa, uylanishni ko‘ngliga tukkan edi.
- Qo‘rqma! Mening niyatim boshqa. Uyni nomingga rasmiylashtirdim. Senga mahr bo‘la qolsin, agar xohlasang. Bo‘lmasa mening nomimdan hadya bo‘la qolsin.
Ayol yig‘lab yubordi. Alloh qilgan amallarini zoye qilmadi.
Xaridorning so‘zlarini tinglagach, u bilan hayotini bog‘lashga rozi bo‘ldi va uyning yangi sohibiga turmushga chiqdi. Ikkalasi qizning ota uyida baxtli hayot kechirdi.