Boliviyada sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari bo‘lgan samolyot quladi

Boliviya shimoli-g‘arbida kichik samolyot qulashi oqibatida olti kishi, jumladan, sog‘liqni saqlash xodimlari halok bo‘ldi.

"Biz Pandodagi olti kishining hayotiga zomin bo‘lgan samolyot halokatidan iztirobdamiz. Tegishli idoralarga avariya sabablarini aniqlash topshirildi", dedi prezident Luis Arcye Twitterda qurbonlar oilalariga hamdardlik bildirib.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot bortida bo‘lim va unga bo‘ysunuvchi Milliy sog‘liqni saqlash laboratoriyasi institutining to‘rt nafar mutaxassisi bo‘lgan. Ular dang bezgagi va chikungunya virusiga qarshi kurashish bo‘yicha tadqiqot o‘tkazayotgan edi.