Viloyatimizda kuniga 150 tadan kam bo‘lmagan avtohalokat qayd etiladi. Ularning 30-35 foizi belgilangan tezlikka rioya qilmaslik bilan bog‘liq
- 02.02.2023 20:26
- 72
- Samarqand
Mutasaddilarning qayd etishicha, yaqin kunlarda Samarqand shahridagi 14 ta uchastkada 52 ta kuzatuv kamerali o‘rnatiladi.
Davlat rahbarining tegishli qarori asosida o‘rnatilayotgan bu qurilmalar yo‘l harakati qoidalarining buzilishini aniqlaydi. Ular xavfsizlikni ta’minlashda muhim omil bo‘lishi bildirilmoqda.
O‘tgan yili viloyatda sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari (11547 ta)ning 537 tasi yoki 45,5 foizi piyodalarni urib yuborishni tashkil qilgan.
Shuningdek, 362 tasi to‘qnashuv, 116 tasi velosipedchini urib yuborish, 67 tasi biror to‘siqqa borib urilish, 56 tasi ag‘darilish, 30 tasi turgan transportga borib urilish, 3 tasi ot-aravani urib yuborish, 10 tasi boshqa turdagi yo‘l-transport hodisalari bo‘lgan.
Teglar:
avtohalokat
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Onlayn dars uchun tuzilgan shartnoma bekor qilindi. Nega?
- 7 daqiqa avval
- Ta’lim
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 2 soat avval
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- 2 soat avval
- Mutolaa