Nepalda yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi, 22 kishi halok bo‘ldi

Nepal qidiruv-qutqaruv brigadasi kecha, 29 may kuni g‘oyib bo‘lgan Tara Air aviakompaniyasi samolyoti bo‘laklarini mamlakat shimolidagi Mustang tumanidan topgan.

Bo‘laklar tushirilgan fotosuratlarda samolyot to‘liq vayron bo‘lganini ko‘rish mumkin. Shuningdek, voqea joyidan halok bo‘lganlarning jasadlari topilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Tara Air samolyoti 29 may kuni ertalab radarlardan yo‘qolib qolgan. Uning bortida 22 kishi bo‘lgan. Samolyot Pokxara sayyohlik shahridan Nepal shimolidagi Jomsomga uchayotgan edi. Mamlakat piyoda qo‘shinlari vakili Narayan Silval bort Lamche daryosi etagiga qulab tushganini ma’lum qilgan.

«Interfaks»ning yozishicha, samolyot bortida 16 nafar Nepal, to‘rt nafar Hindiston va ikki nafar Germaniya fuqarolari bo‘lgan.

Samolyot bilan aloqa parvozdan keyin 20 daqiqa o‘tib yo‘qolgan.