Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda ikki avtomashina to‘qnashuvi oqibatida "Lasettiʼʼ avtomashinasida yong‘in yuz berdi

Bugun, 25 yanvar kuni tungi soat 00:55da Samarqand shahri Rudakiy ko‘chasida ikkita "Lasettiʼʼ avtomobillari ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro A.X. boshqaruvida bo‘lgan "Lasettiʼʼ avtomobili va shu yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan fuqaro J.S boshqaruvida bo‘lgan "Lasetti" to‘qnashgan. Natijada A.X boshqaruvidagi "Lasetti" avtomobilida yong‘in sodir bo‘lgan.

Voqea joyiga 2 ta yong‘in qutqaruv texnikasi jalb etilib yong‘in o‘chirilgan.

Viloyat FVB xabariga ko‘ra, hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.