Bortida 174 nafar rossiyalik bo‘lgan samolyot Toshkentdan Moskvaga qarab uchdi

"Rossiya" aviakompaniyasiga qarashli samolyot bortida 174 nafar rossiyaliklar bilan Toshkentdan Moskvaga qarab yo‘l oldi. Bu haqda RF O‘zbekistondagi elchixonasi konsullik bo‘limi xabar bermoqda.

Ushbu reys oldindan 29 aprel kuni soat 2:45 da amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi.

"Samolyot bortiga faqatgina Moskva, Moskva viloyati, Vladimirsk, Ivanovo, Kaluga, Ryazan, Smolensk, Tver, Tula va Yaroslav viloyatlarida istiqomat qiluvchi fuqarolar qabul qilingan, deyiladi xabarda.