Boshqarma boshliqligidan vazir o‘rinbosarigacha: Viloyat hokimining yangi tayinlangan o‘rinbosari haqida nimalar ma’lum?

Xabaringiz bor, yaqinda viloyat hokimining o‘rinbosari-viloyat investitsiyalar, sanoat va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Oybek Hamroyev tayinlangandi. Zarnews.uz yangi o‘rinbosarning mehnat faoliyati bilan qiziqdi.
Hamroyev Oybek Ne’matovich 1984 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. 2006 yil Toshkent davlat jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2012 yilda esa Yaponiyadagi Siyosiy tadqiqotlar instituti (magistratura)ni tamomlagan.
Dastlabki mehnat faoliyati tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan bog‘liq.
U 30 yoshida O‘zbekiston Respublikasining Belgiyadagi elchixonasi savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi bo‘lgan.
Shundan keyingi besh yil davomida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida turli boshqarma va bosh boshqarmalarda boshliq lavozimida ishlagan.
2022-2023 yillarda vazirlikning Koreya Respublikasi bilan strategik hamkorlik departamenti direktori va tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.