Bozor xizmatlarida kichik tadbirkorlarning ulushi 71 foizni tashkil etdi

Kichik tadbirkorlik xizmatlari hajmi 8724,8 milliard so‘mga yetdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1303 milliard so‘mga oshdi hamda o‘sish sur’ati 104,7 foizni tashkil qildi.

Kichik tadbirkorlikning ulushi ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmida 71,1 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan taqqoslaganda 2,8 foizga kamayganligi kuzatildi. Kichik tadbirkorlikning ulushi kamayganligi asosan yirik korxonalar hajmi oshishi va bank xizmatlarining ko‘payishi, moliya muassasalarining kredit berish xizmatlarining oshishi hamda foizlarning yuqoriligi, depozitariylar (omonatlar) foizlari ko‘payganligidadir.

Shuningdek, havo transport xizmatida tashish va logistika xizmatlari, oliy ta’lim muassasalarida o‘quv to‘lov kontraktlarining oshishi va o‘qish uchun qo‘shimcha to‘lov asosida talabalar qabul qilinishi bilan izohlanadi.

Samarqand viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati.