Bozor yo‘li xavfsiz bo‘lsa...
- 09.01.2019 09:44
- 146
- Jamiyat
Narpay tumani ”Mirbozor dehqon bozori“ katta O‘zbek trakti yo‘lining bo‘yida joylashgan. Yo‘l serqatnov, mashinalarning keti uzilmaydi. Xatirchi tumani tomondan bozorga keladigan odamlar uchun piyodalar yo‘lakchasi bo‘lsa-da, undan o‘tish yo‘lovchilarga ham, haydovchilarga ham jiddiy xavf tug‘diradi. Ayniqsa, bozor kunlari ikki tomondan kelayotgan avtomobillar oqimi piyodalar va haydovchilar uchun o‘ta xatarli tus oladi, yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lgan hollar bor. Agar tuman va bozor mutasaddilari 17-umumta’lim maktabi ro‘parasidan ikkinchi yangi avtobekat to‘g‘risiga bozorga o‘tish yerosti yo‘lakchasi ochib, atrofi panjaralar bilan to‘silishi haqida o‘ylab ko‘rsalar, piyodalar ham, haydovchilarga ham qulay bo‘lardi.
Rahim IBROHIMOV, Turon mahallasi fuqarosi.