"Bo‘zsuv" kanalida oqib ketayotgan fuqaro qutqarib qolindi
- 23.12.2020 20:00
- 176
- Hodisa
Joriy yilning 22 dekabr kuni soat 14:56 da Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limiga tuman IIB navbatchilik qismi tomonidan “Bo‘zsuv” kanalida bir fuqaroning suvda oqib ketayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Mazkur xabarga ko‘ra, tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limining bir guruh qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan.
Fuqaro qutqaruvchilar tomonidan tezkorlik bilan suvdan olib chiqilib, tez tibbiy yordam xizmatiga topshirilgan.
FVV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hayoti saqlab qolingan fuqaro hozirda shifokorlar nazoratida bo‘lib, o‘zini yaxshi his qilmoqda.
Teglar:
suvda cho‘kish
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 1 soat avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand