Britaniyada muhojirlarga qarshi namoyishlar: Roterxemda mehmonxonaga hujum qilindi
Buyuk Britaniya hukumati bugun mamlakatning turli shaharlarida hafta oxirida sodir bo‘lgan tartibsizliklar ortidan favqulodda qo‘mitasi yig‘ilishini o‘tkazadi.
Namoyishlar o‘tgan hafta Liverpul yaqinidagi Sautportdagi raqs klubiga pichoq bilan hujum oqibatida uch nafar bola halok bo‘lgandan so‘ng boshlandi.
Britaniya Bosh vaziri Key Starmer Britaniya shaharlarida sodir bo‘layotgan voqealarni “uyushgan zo‘ravonlik” deb atadi va g‘alayonchilarni o‘z qilmishlaridan pushaymon bo‘lishlari, qonun oldida javob berishi haqida ogohlantirdi.
Norozilik namoyishlari ishtirokchilari migrantlar yashirinishi mumkin bo‘lgan mehmonxonaga o‘t qo‘yishga harakat qilishgan.