“Bu taqdir!”: Bizga umuman bog‘liq bo‘lmagan muvaffaqiyat omillari
Business Insider muallifi Shana Leybovits muvaffaqiyat haqida yangi tadqiqotlar qildi.
Umuman olganda hayotda muvaffaqiyat qozonish va o‘z imkoniyatlarni yaxshilash uchun ko‘p ish qilishingiz mumkin. Yaxshi uxlang va ko‘p tashvishlanmang. Ishga ertaroq keling. Odamlarga mehribon bo‘ling va hech qachon dangasalik qilmang.
Ammo muvaffaqiyatingiz faqat sizning qo‘lingizda emas ekan. Munosib maosh to‘lanadigan barqaror korxonada ish topish, hurmatga erishish qobiliyati ota-onangizning kasbi va tabiiy hidingiz kabi omillarga ham bog‘liq. Bu adolatdan emas, lekin hayot shunday. Biz shaxsiy va kasbiy hayotingizdagi muvaffaqiyatlarga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan, lekin siz ularni deyarli o‘zgartira olmaydigan bir nechta omillarni tanladik.
1. Yuzingiz
Yangi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, yuzlari boshqalar ishonchini qozona oladigan va yetakchi bo‘lib ko‘rinadigan odamlar ko‘proq maosh olishlari mumkin. Ushbu taassurotlar asosan yuz tuzilishi bog‘liqligidan kelib chiqadi. Shuningdek yetakchilikni erkak xususiyatli - kvadrat yuzli, kuchli jag‘, ajralib turadigan qoshlar, ingichka lablar belgilaydi. Ishonchni esa nazokatli – yumaloq yuzli, katta ko‘zlar, kichik qoshlar va to‘la lablar egalari qozonishadi.
2. Talaffuzingiz
Ishga kirishingiz uchun nafaqat suhbat paytida aytganlaringiz, balki talaffuz qilishingiz ham muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotlar ba’zi ish beruvchilar rahbarlik lavozimiga kelgan nomzodlarda chet el talaffuzi bo‘lsa, ular kamsitilganini ko‘rsatdi. Ehtimol ish beruvchi ushbu xodimlar odamlarga ta’sir o‘tkaza olmaydi deb hisoblashar. Tadqiqot mualliflari kompaniyalarga adolatsiz baho bermaslik uchun menejerlarni o‘qitish paytida ushbu nuqtai nazarni e’tiborga olishni maslahat berishadi.
3. Ovozingiz
Ko‘pincha odamlarning ovozi va nutq uslubiga qarab ularning professional fazilatlari to‘g‘risida fikr yuritamiz. Ovozi past bo‘lgan erkaklar va ayollar odatda testosteron darajasining yuqoriligiga ega – bu kuchlilik va agresssivlik dalolatidir. Boshqa bir tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, past ovozli erkak rahbarlar yirik firmalarda rahbarlik qilishadi va natijada ko‘proq maosh olishadi.
4. Ota-onangizning ma’lumoti va martabasi
Ota-onalarning muvaffaqiyati farzandlarining muvaffaqiyatiga sezilarli ta’sir qiladi. Ko‘pincha oliy ma’lumotli ota-onalarning farzandlari o‘zlariga ta’lim olish va yuqori martabaga erishish maqsadlarini qo‘yishadi. Boshqa tadqiqotlar ishlaydigan onalarning qizlari uyda o‘tirgan onalarga qaraganda 23% ko‘proq maosh olishini, shu bilan birga o‘g‘illari ko‘proq vaqtni uy yumushlariga va bolalar parvarishiga sarflashini aniqladi.
5. Bo‘y va vazningiz
Uzun bo‘yli odamlar pastbo‘y odamlarga qaraganda ustunlikka ega. Bir tadqiqot yuqori odamlarning maoshi ham yuqori bo‘lishini ko‘rsatdi. Bundan tashqari, baland bo‘yli odamlar odatda boshqalarga qaraganda hayot va ishdan ko‘proq mamnunligini aniqladi.
6. Tug‘ilganlik tartibi
Olimlarning ta’kidlashicha, oiladagi birinchi farzandlar ko‘proq muvaffaqiyatli bo‘lishga moyil. Ular maktabda yaxshi o‘qiydi va keyinchalik mavqega ega bo‘ladi. Bu nima uchun shundayligini hech kim aniq bilmaydi. Aslida birinchi va ikkinchi yoki keyingi bolalar o‘rtasida shaxsiyat va aqlni rivojlantirish nuqtai nazaridan jiddiy farq yo‘q. Ehtimol, ota-onalar birinchi farzandlariga nisbatan qattiqroq munosabatda bo‘lishadi, bu ularni intilishlarga majbur qiladi. Boshqa tomondan, ko‘pincha oiladagi yagona farzand muvaffaqiyatlarga erishadi, chunki ota-onalar ularga to‘liq e’tibor bergan bo‘ladi.
7. Siz tug‘ilgan oy
Bir tadqiqot juda kam sonli direktorlar iyun va iyul oylarida tug‘ilganligini ko‘rsatdi. Buning sababi “yoz” bolalari o‘z sinflarida boshqalarga qaraganda kichikroq bo‘lgani va ular rivojlanishning pastki bosqichida o‘qish va o‘rganishni boshlaganlarida ekanligini aniqlangan.
8. Suhbat paytidagi ob-havo
Tabiat kuchlari sizning martabangizga ham ijobiy, ham salbiy rol o‘ynashi mumkin. Tadqiqotchilar tibbiyot fakultetlariga murojaat qilgan 3000 ta kishi materiallarini o‘rganishdi va yomg‘irli kunlarda so‘rovda qatnashganlar quyoshli kunlarga qaraganda o‘rtacha 1 foiz past ball olganini aniqlashdi. Mualliflarning ta’kidlashicha, natijada bu farq kirish imtihoni natijalarining 10 foiz farqiga teng bo‘lgan.
Bahora Muhammadiyeva tarjimasi.