Bu yil qancha kartoshka yetishtirildi?

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning yanvar-sentyabr oylarida 2 432,7 ming tonna kartoshka yetishtirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2019 yilning mos davriga nisbatan 101,6 foizni tashkil qildi.

Yetishtirilgan kartoshkani boshqa toifadagi xo‘jaliklar bilan taqqoslaganda yuqori ko‘rsatkich 2 096,1 ming tonna yoki umumiy ishlab chiqarish hajmining 86,2 foizi dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida qayd etildi.

Ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha o‘tgan yilga nisbatan fermer xo‘jaliklarida 4,2 foiz, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida 1 foiz hamda qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 34,8 foiz o‘sish qayd etildi.

Kartoshka ishlab chiqarish umumiy hajmining eng yuqori ulushiga ega hududlar:

Samarqand viloyati -  21,1 %

Surxondaryo viloyati - 11,8 %

Toshkent viloyati - 10,9 %

Farg‘ona viloyati - 9,9 %

Andijon viloyati - 9,4 %