Bu yil qish qanday keladi?

Iqlim ma’lumotlari tahlili va yetakchi jahon markazlari tomonidan 2022-2023 yillarning qish mavsumi uchun tuzilgan dastlabki hisoblariga ko‘ra, qishda o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlari atrofida va undan biroz ko‘p va yog‘ingarchilik taqchilligi bo‘lishi kutilmoqda.

Qish fasli davomida sovuq ob-havo davrlarida harorat 5-10 darajagacha sovuq, shimolda esa 15-20 darajagacha sovuqning pasayishi ehtimoldan xoli emas, bu qish oylari uchun iqlim me’yoridan 5-8 darajaga pastdir.

Shuni ta’kidlash joizki, prognozlar taxminiy xususiyatga ega va faqat butun mavsumning umumiy xususiyatlari uchun foydalaniladi: mavsumning o‘rtacha harorati me’yordan yuqori yoki past, yog‘ingarchilik mavsum davomida me’yordan ko‘p yoki kam yog‘ishi. Hatto bunday umumiy baholash aniqligi ham katta emas va 50-60 foizdan oshmaydi.