Bugun, 29 dekabr kuni soat 15:00 da xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yigirmanchi sessiyasi bo‘lib o‘tadi
- 29.12.2020 14:45
- 249
- Siyosat
Unda bir qator muhim masalalar, xususan, viloyatning 2021 yilgi mahalliy byudjeti ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, viloyatda tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan “Hududgaz Samarqand” MChJ rahbari O.Isoqulovning hisoboti eshitiladi.
Sessiya ishida Kengash doimiy komissiyalari yillik hisoboti va 2021 yilga mo‘ljallangan ish rejalari muhokama qilinadi.
Deputatlar viloyatdagi ayrim aholi punktlarini nomlash hamda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqishi rejalashtirilgan.
Sessiya kun tartibidan Kengash vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham o‘rin olgan.
Teglar:
viloyat sessiyasi
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Imtiyozli narxdagi ko‘mir aholiga qay tartibda beriladi?
- 45 daqiqa avval
- Dolzarb