Bugun akademik Botirxon Valixo‘jayev tavallud topgan kun
Adabiyotshunos olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Botirxon Valixo‘jayev 1932 yil 1 aprelda Samarqandda tug‘ilgan.
Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini bitirgan. Shu oliy dargohda o‘qituvchi, fakultet dekani o‘rinbosari, dekan, tojik tili va adabiyoti kafedrasi, o‘zbek adabiyoti tarixi kafedrasi mudiri, prorektor lavozimlarida mehnat qilgan.
B.Valixo‘jayevning ilmiy ishlari adabiyot tarixi, adabiyotshunoslik, adabiy aloqalar, tasavvuf va uning namoyandalari, Samarqand adabiy va ilmiy muhiti tarixi, Ibn Sino, Nizomiy, Jomiy, Navoiy kabi olim va mumtoz shoirlarning ijodiga bag‘ishlangan. Domla "O‘zbekistan adabiy-tanqidiy qarashlari tarixidan" (1960), "O‘zbek epik poeziyasi tarixidan" (1974), "Navoiy ijodi - ilhom manbai" (1991), "Xoja Ahror Vali" (1993), "Xoja Ahror tarixi" (1994) kabi ilmiy asarlari va bir nechta o‘quv qo‘llanmalar muallifi. Botirxon Valixo‘jayevning asarlari Rossiya, Afg‘oniston, Turkiya va Eronda nashr etilgan.