Bugun kuchli magnit bo‘roni kuzatilishi aytilmoqda

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, bugun magnit bo‘ronining G4 darajaga ega 6 ballik o‘ta faol bosqichi kuzatiladi. Ushbu tabiat hodisasi inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Quyosh chaqnashlari tufayli hosil bo‘lgan magnit maydoni gipertoniklarda qon bosimi oshishi, gipotoniklarda esa aksincha, qon bosimi pasayishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, bosh og‘rig‘i, holsizlik, qolaversa, turli allergik reaksiyalar kuzatilishi ehtimoli mavjud. Shu bois:

➖ jismoniy faollik, jumladan zo‘riqtiruvchi ishlar va mashg‘ulotlarni cheklash maqsadga muvofiq;

➖ ovqatlanish ratsioniga alohida e’tibor qaratish va ko‘proq suyuqlik ichish lozim;

➖ sho‘r taomlar iste’molini cheklash kerak. Chunki tuz organizmda suv miqdorini kamaytirib, qon bosimi oshishiga sabab bo‘ladi;

➖ spirtli ichimliklardan butunlay voz kechish shart;

➖ yurak xuruji va insultni boshdan kechirganlar ma’lum muddat mashina haydamaganlari ma’qul;

➖ sayohat qilishni kechiktirib turish ham foydadan xoli bo‘lmaydi.