Bugun Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenga qarshi dona suradi

Niderlandiyada shaxmat bo‘yicha «Tata Steel Chess-2023» xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Ahamiyatlisi, unda O‘zbekiston terma jamoasining ikki nafar vakili Nodirbek Abdusattorov (2713) «Masters» va Javohir Sindorov (2654) «Chellenjer» guruhlarida ishtirok etmoqda.

Bugun shaxmatchilar nufuzli turnirda navbatdagi tur bellashuvlarida dona suradi. «Masters» guruhining 5-turida Nodirbek Abdusattorov norvegiyalik taniqli grossmeyster Magnus Karlsenga (2859), «Chellenjer» guruhining 6-turida Javohir Sindorov braziliyalik Luis Paolo Supiga (2608) bahs olib boradi.

Ayni paytda Abdusattorov 4 turdan so‘ng o‘z guruhida 3 ochko bilan ikkinchi, Sindorov esa 5 turdan so‘ng 3.5 ochko bilan ikkinchi pog‘onada ketmoqda.