Bugun qabulning so‘nggi kuni

Test uchun to‘lovni qachongacha qilish kerak?

JAVOB: Joriy yil bitirganlar uchun testga kirish tekin, avvalgi yillarda bitirganlar 187 ming 500 so‘m (yarim “minimalka”) to‘lashi kerak.

To‘lovni amalga oshirmasa nima bo‘ladi?

To‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan deb hisoblanadi va test sinovlariga qo‘yilmaydi.

Bo‘lib-bo‘lib to‘lasa ham bo‘ladimi?

Ha, ushbu to‘lovni bo‘lib-bo‘lib amalga oshirsa ham bo‘ladi, faqat 25 iyunga qadar (o‘sha kuni ham) mazkur summa to‘liq to‘lanishi shart. Ya’ni qachon ro‘yxatdan o‘tganingizning farqi yo‘q, asosiysi to‘lovni 25 iyun soat 23:59 gacha to‘lash shart.

Kimlar to‘lovdan ozod qilingan:

— ta’lim muassasasini joriy yilda tugatganlar;
— Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari;
— to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar;
— nogironligi bor shaxslar;
— ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari;
— “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.