Bugun Samarqandda yana 13 kishida koronavirus aniqlandi

2020 yil 27 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 40 195 (+141) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 90 nafari Toshkent shahrida, 15 nafari Qashqadaryo viloyatida, 13 nafari Samarqand viloyatida, 10 nafari Toshkent viloyatida, 5 nafari Buxoro viloyatida, 3 nafari Surxondaryo viloyatida, yana 3 nafari Navoiy viloyatida hamda 2 nafari Farg‘ona viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Yashnobod tumanida yashagan 70 yoshli A.M. (erkak) hamda Chilonzor tumanida yashagan 83 yoshli A.A. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 36 562 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (91 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 338 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 294 nafari og‘ir, 139 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.