Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bugun Toshkentda katta boks oqshomi o‘tkaziladi

Bugun "Humo Arena"da professional boks oqshomi tashkil etiladi.

Kechaning markaziy jangida Bahodir Jalolov JAR vakili Kris Tompsonga qarshi ringga ko‘tariladi. Turnir soat 18:00 da boshlanadi va "Zo‘r TV" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi

✅Janglar ro‘yxati bilan tanishing: 

Muay-tay jangi: (Milliy muay-tay kamari uchun)
Bekzodjon Tojiyev (O‘zbekiston, 4-0-0), 63,5 kg - Sabit Akilbekov (O‘zbekiston, 6-1-0), 63,5 kg

Yarim o‘rta vaznda (66,6 kg) WBC Central Asia turniri chorak final janglari (6 raundlik):

Hojiakbar Qodiroxunov (O‘zbekiston, 4-1-1), 66,7 kg - Bereket Tairov (Qozog‘iston, 1-1-0), 66,4 kg

Bogdan Utegenov (Qozog‘iston, 3-0-0), 66,2 kg - Kamronbek Turg‘unov (O‘zbekiston, debyut), 66,2 kg 

Ixtiyor Nishonov (Qirg‘iziston, debyut), 66,8 kg - Hadyatullo Ismoilov (Tojikiston, debyut), 66,6 kg

Ildar Turdibayev (Qirg‘iziston)  - Ramazan Tabarov (Tojikiston, debyut), 66,6 kg

Yarim og‘ir vaznda (79,3 kg) WBC Central Asia turniri yarim final janglari (7 raundlik):

Shuhrat Abdullayev (O‘zbekiston, 2-0-0), 79,2 kg - Artyom Pchelyakov (Qozog‘iston, 6-0-0), 78,7 kg

Jamshidbek Tojiboyev (O‘zbekiston), 79,2 kg - Mixail Koxanchik (Qozog‘iston, 5-1-0), 79,2 kg

Ikkinchi eng yengil vaznda (55,2) 6 raundlik jang: Avetis Nalbandyan (Armaniston, debyut)   - Vikash Dahiya (Hindiston, 6-3-1), 55,8 kg

Yarim yengil vaznda (57,1 kg) 4 raundlik jang: Abdumalik Xalokov (O‘zbekiston, debyut), 57,2 kg - Oleksandr Yegorov (Ukraina, 20-9-1), 56,8 kg

Yarim o‘rta vaznda (66,6 kg) 8 raundlik jang: Qudratillo Abduqahhorov (O‘zbekiston, 18-2-0), 69,4 kg - Maono Alli (Tanzaniya, 14-7-1), 58,8 kg

Eng yengil vaznda (53,5 kg) 8 raundlik jang: Miraziz Mirzaxalilov (O‘zbekiston, 3-0-0), 54,5 kg - Runqi Jou (Xitoy, 6-1-0), 53,8 kg

O‘rta vaznda (72,5 kg) WBC Central Asia turniri finali (8 raundlik): Anvar Turopov (O‘zbekiston, 8-1-0), 72,5 kg - Suhrob Qayumov (O‘zbekiston, 2-0-0), 72,3 kg

Birinchi o‘rta vaznda (69,8 kg) WBC International kamari uchun: Ermal Hadribey (AQSh, 16-0-1) - Karlos Molina (Meksika, 38-13-2) 

Birinchi yarim o‘rta vaznda (63,5 kg) WBC Central Asia kamari uchun: Mujibillo Tursunov (O‘zbekiston, 3-0-0), 64,6 kg - Yangcheng Jin (Xitoy, 12-6-2), 63,4 kg

O‘rta vaznda (72,5 kg) WBC Eliminator jangi (12 raundlik): Meyirim Nursultanov (Qozog‘iston, 19-0-0), 72,5 kg - Xulio Alamos (Chili, 16-1-0), 72,2 kg

Co main event jangi: Ikkinchi o‘ta yengil vaznda (52,1 kg) WBC vaqtinchalik chempionlik kamari uchun (12 raundlik): Pedro Guyevara (Meksika, 40-3-1), 52 kg - Karlos Kuadras (Meksika, 41-5-1), 52,1 kg

Markaziy jang: Cuperog‘ir vaznda 10 raundlik jang: Bahodir Jalolov (O‘zbekiston, 13-0-0), 115 kg - Kris Tompson (JAR, 12-5-1), 109,2 kg.