Bugun viloyat hokimi Erkinjon Turdimov 50 yoshni qarshiladi

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov 1969 yil 10 iyulda Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgan.

U 1991 yil Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1991 “O‘zsanoatqurilishbanki”ning Sirdaryo filialida bo‘lim bosh mutaxassisi lavozimidan boshlagan.

Erkinjon Turdimov 2008 yilda bir muddat O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining qishloqda iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, 2008-2016 yillarda Navoiy viloyati hokimi, 2016-2018 yillarda Surxondaryo viloyati hokimi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Erkinjon Turdimov 2006 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

Qutlug‘ sana munosabati bilan Erkinjon Turdimovni chin qalbdan tabriklaymiz!