Bugun Xalqaro hamshiralar kuni

Xalqaro hamshiralar kunini tashkil etish to‘g‘risidagi qaror 1899 yilda tuzilgan Xalqaro hamshiralar kengashiga tegishli. Bu Avstraliya, Kanada, Daniya, Buyuk Britaniya, AQSh va boshqa mamlakatlarda hamshiralar ishni qadrlagan dunyodagi birinchi professional ayollar tashkiloti bo‘ldi.

COVID-19 pandemiyasi boshlangandan buyon sog‘liqni saqlash tizimlari, sog‘liqni saqlash xodimlariga misli ko‘rilmagan darajada og‘ir yuk, mas’uliyat tashlandi. Bunda hamshiralar o‘rni beqiyos bo‘ldi, ular pandemiyada bevosita ishtiroki, o‘z tajribasi va kasbiy mahorati, insoniylik fazilatlari va qat’iyatlarini yana bir bor namoyon etishdi.

Ma’lumot o‘rnida: 12 may hamshiralik ishi asoschisi Florens Naytingeyl (1820-1910) tug‘ilgan kunda dunyo hamshiralari o‘z kasb bayrami - Butunjahon hamshiralar kunini nishonlashadi.