Bugun yurtimizda shu soatga qadar 345 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi, shundan 8 nafari Samarqanddan

2020 yil 6 sentyabr soat 18:00 holatiga ko‘ra, mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 43 587 (+111) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining
71 nafari Toshkent shahrida
12 nafari Toshkent viloyatida,
10 nafar Samarqand viloyatida,
9 nafari Surxondaryo viloyatida,
5 nafari Qashqadaryo viloyatida,
2 nafardan Andijon va Namangan viloyatlariga to‘g‘ri keladi.

Shu bilan birga, Uchtepa tumanida yashagan 68 yoshli A.A. (ayol) hamda Yakkasaroy tumanida yashagan 82 yoshli I.M. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar
Toshkent shahrida 231 nafar,
Toshkent viloyatida 87 nafar,
Qashqadaryo viloyatida 10 nafar,
Samarqand viloyatida 8 nafar,
Surxondaryo viloyatida 7 nafari,
Namangan viloyatida 2 nafar,
jami 345 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 41 225 (+345) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 94 foizga yetdi. Bu mamlakatimizda pandemiya boshlangandan buyon eng yuqori sog‘ayish ko‘rsatkichi hisoblanadi.

Hozirda yurtimizning 14 hududidagi davolash muassasalarida jami 2015 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.