Bugun...
BMT Bosh assambleyasining qaroriga ko‘ra, 1997 yildan buyon 16 noyabr sanasi butun dunyoda «Bag‘rikenglik kuni» sifatida nishonlanadi.
1938 yil 16 noyabr kuni 10 noyabrda vafot etgan Turkiya Respublikasining asoschisi Mustafo Kamol Otaturk Dolmabaxche saroyida katafalkka qo‘yilgan.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining maorif, fan va madaniyat masalalari bilan shug‘ullanuvchi tashkiloti 1945 yil 16 noyabrda tuzilgan. Tashkilot davlatlar o‘rtasida maorif, fan, madaniyat va kommunikatsiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish yo‘li bilan tinchlikka va xalqaro xavfsizlikka ko‘maklashadi.
Qo‘l mehnatini hayot mazmuniga aylantirgan odamlarning qanchalar ko‘p ekanligini tushungan YuNESKO tashkiloti ular uchun maxsus bayram ta’sis qilish qaroriga kelgan. 16 noyabr - Butunjahon qo‘l mehnati bayrami. Sanada qo‘l mehnati bilan shug‘ullanuvchi odamlar tabriklanadi.
16 noyabr Quvayt davlatiga asos solingan kun.
Quvayt Davlati (Davlat al-Quvayt) – Arabiston yarim orolida, Fors qo‘ltig‘ining shimoliy-g‘arbiy sohilidagi davlat. Poytaxti – Quvayt shahri. Ma’muriy jihatdan 3 viloyatga bo‘linadi.
Amaldagi konstitutsiyasi 1962 yil 16 noyabrda qabul qilingan. Konstitutsiyali monarxiya bo‘lgan Quvayt davlati boshlig‘i – amir. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni amir va parlament - Milliy majlis, ijroiya hokimiyatni amir va Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi.
1938 yilning shu kunida Vengriya Respublika maqomini olgan.
Bugun, shuningdek, Xalqaro sambo kuni sifatida nishonlanadi. Aynan shu sanada sambo sport turi sifatida tan olingan.