Bulduruq nima? Uning qishloq xo‘jaligida qanday ahamiyati bor?
Bulduruq yangi atama emas. Xalqimizda oldindan "Bir bulduruq, uch qorga tatiydi" degan naql yuradi.
Bu hodisa kuz-qish mavsumlarida sovuq oqimning chekinishidan so‘ng, antitsiklon pereferiyasi davrida yuzaga keladi.
Antitsiklon pereferiyasida havoda nisbiy namlikning o‘ta yuqoriligi(o‘ta qalin tuman), sezilar-sezilmas hududga xos shamollar hamda havo haroratining -5 darajadan past sovuq bo‘lgan paytda kuzatiladi.
Bu paytda ko‘rinuvchanlik keskin cheklanib, havoda suv bug‘lari kristalizatsiyalashadi.
Fizikada bu, sublimatsiya hodisasi deyiladi. Suv bug‘ining bug‘ holatdan qattiq holatga o‘tish jarayoni.
Natijada, havoda kristalizatsiyalashgan zarrachalar yengil shamol kuchi taʻsirida daraxt shoxlari, simyog‘och va maysa ustiga yopishadi.
Bog‘dorchilikda bulduruqning foydali xususiyatlari juda ko‘p.
Bog‘larda va dalada qishlayotgan zararkunandalar bulduruq xodisasiga dosh bera olmaydi.