Bulung‘urlik yoshlar “Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi” sohibi bo‘ldi

28-29 oktyabr kunlari Samarqandda “Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi” sport musobaqalari va ko‘rik-tanlovning respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada respublikaning barcha hududlaridan 14 jamoa “Men qutqaruvchiman” estafetasi, ijodiy taqdimot, shaxmat, voleybol va arqon tortish musobaqalari hamda “Zakovat” intellektual o‘yinida bellashdi.

Bahslar natijasiga ko‘ra, viloyatimizning Bulung‘ur tumani yoshlari g‘olib bo‘lib, vaziri kubogini qo‘lga kiritdi. Keyingi o‘rinlar Namangan va Qashqadaryo viloyatlari yoshlariga nasib etdi.

Musobaqaning taqdirlash marosimida Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari X.Aliboyev ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlarga kubok, diplom, medal hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Ilhom Boqiyev.