Bulung‘urda 150 kishi mehnat qilayotgan korxona mahsulotlarining 100 foizi eksport qilinadi
- 29.11.2019 13:37
- 246
- Iqtisodiyot
Bulung‘urda tashkil etilgan press-tur ishtirokchilari tumandagi meva-sabzavotlarni qayta ishlash korxonalari faoliyati bilan tanishmoqda.
Uzoq yillardan buyon mazkur tuman dehqonlari qishloq xo‘jalik ekinlari, xususan, sabzavot mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha viloyatda yetakchilardan hisoblanib kelingan. Keyingi yillarda esa tuman aholisi orasida aholiga servis xizmatlarini ko‘rsatish va sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda boshqalarga o‘rnak bo‘ladigan tadbirkorlar safi kengaymoqda.
“Samarkand Garden plast” qo‘shma korxonasi 2016 yilda tashkil etilgan. Korxonada soatiga 3 tonna mahsulot tozalanib, maydalanadi va saralangan holda qadoqlanadi. Bu yerda 150 kishi ish bilan band. Mahsulotlarning 100 foizi xorijga eksport qilinadi.
Korxona tasarrufida 1400 gektar yer maydoni mavjud bo‘lib, meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish ham yo‘lga qo‘yilgan.
T.SIDDIQOV.