Bulung‘urda "Damas" ichidan 700 ming so‘mni o‘marib ketgan shaxs ushlandi

2020 yil 2 sentyabr kuni Bulung‘ur tumani IIBga R. ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil 1 sentyabr kuni soat 17:00 larda noma’lum shaxs tumanning Mingtepa MFY hududida o‘ziga tegishli “Damas” rusumli avtomashinasini kalit tanlash yo‘li bilan ochib, avtomashina salonida bo‘lgan 700.000 so‘m pullarni yashirin ravishda talon-toroj qilib ketganligini ma’lum qilgan.

Tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida mazkur o‘g‘irlik jinoyatini Mingtepa MFYda yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan B.A. sodir qilganligi aniqlanib, undan 600 ming so‘m pullar daliliy ashyo tariqasida hujjatlashtirilib olindi.

Mazkur holat yuzasidan Bulung‘ur tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.