Bulung‘urda iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan xonadon aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bulung‘ur tumani bo‘limi tomonidan hududda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida fuqaro N.A. “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi xonadonda yashirin alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu xonadondan sotish maqsadida ishlab chiqarilgan umumiy bahosi 168,3 mln so‘mlik turli nomdagi 3236 dona iste’molga yaroqsiz alkogol mahsuloti, yelim idishlar, shisha qopqoqlari va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan vositalar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.