Bulung‘urlik yigit Klimanjaro tog‘ cho‘qqisiga ilk bor O‘zbekiston bayrog‘ini olib chiqdi

Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidan bo‘lgan Sanjar ismli yigit Afrika qit’asidagi eng baland tog‘ cho‘qqilarida turib, O‘zbekistonni qanchalik sevishini, ne-ne yurtlarni kezsa ham qalbida ona Vataniga bo‘lgan sadoqati mangu yashashini ta’kidlagan. Bu haqda O‘zA yozmoqda.

“Bizning tariximizda, O‘zbekistondan Kilimanjaroga yetib kelgan inson bo‘lmagan“, deydi sayyoh.

Ma’lumot o‘rnida, Afrikadagi eng baland Kilimanjaro tog‘i Tanzaniyaning shimoliy-sharqida joylashgan bo‘lib, lava, vulqon va kul qatlamlari maskani hisoblanadi.

Tog‘ning balandligi dengiz sathidan 900 metr balandlikni tashkil etadi.