Bulung‘urlik yoshlar “Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi” uchun bellashadi
Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida “Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi” sport musobaqalari va ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
“Yurtning kuchi - birlikda, qadri esa tinchlikdadir” shiori ostida tashkil etilgan musobaqada uning tuman (shahar) bosqichida g‘olib bo‘lgan viloyatdagi 16 ta mahalla yoshlari bellashdi.
Bahslar natijasiga ko‘ra, Bulung‘ur tumanining Kaptarxona mahallasi yoshlari g‘olib bo‘lib, musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.
Keyingi o‘rinlar Ishtixon tumanining Q.Qarshiyev nomli hamda Narpay tumanining Haqiqat mahallalari yoshlariga nasib etdi.
G‘olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.