Bundan 6 yil avval FETO tashkiloti tomonidan Turkiyada davlat to‘ntarishi sodir etilgan edi

FETO rejalashtirgan va armiyamizga singib ketgan tashkilot a’zolari tomonidan qurolli kuchlar qo‘mondonlik zanjiridan tashqariga chiqib, Turkiyadagi 251 nafar fuqaro halok bo‘lgan davlat to‘ntarishiga urinishga bugun 6 yil bo‘ldi. O‘shanda 2 mingdan ortiq fuqaro jarohatlangan edi.

2016 yil 15 iyul kuni FETO terror tashkilotining davlatimiz uchun katta xavf tug‘dirayotganini oshkor qilgan edi. Bu tahdidni bartaraf etishda o‘z irodasi ustidan hech qanday kuchni tan olmasligini, davlatini va demokratik yutuqlarini himoya qilish uchun jonini berishga tayyorligini ko‘rsatgan turk xalqi matonat ko‘rsatdi.

O‘tgan olti yil davomida davlatimizning asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri FETOga qarshi mamlakat ichida va xorijda olib borilgan kurashi bo‘ldi. Mamlakat ichkarisida, birinchi navbatda, 15 iyulda aybdorlar qonun ustuvorligi asosida javobgarlikka tortildi, FETOning davlat institutlari tarkibidagi tashkiliy tuzilmasi fosh qilindi, a’zolariga nisbatan ma’muriy va jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi, tashkilot oxir-oqibat vayron bo‘ldi. Bundan tashqari, davlat muassasalaridan tashqarida, ta’limdan ommaviy axborot vositalari va bank sektorigacha bo‘lgan va iqtisodiyotning barcha sohalariga tarqalgan FETOning qoplovchi tuzilmalari yo‘q qilindi.

Biz duch kelayotgan favqulodda xavfsizlik muammolariga qaramay, ichki kurashimiz qonun ustuvorligi, asosiy huquq va erkinliklarni himoya qilish asosida olib borildi. Bu jarayonda ichki tuzilishining zaiflashishi natijasida FETO strategiyasini o‘zgartirib, xorijdagi faoliyatlarga e’tibor qarata boshladi. Shu sababdan Turkiya tashqarisidagi FETO tuzilmalariga qarshi kurash yanada muhim ahamiyat kasb etdi.

FETOning tashqi tuzilishiga qarshi kurash Tashqi ishlar vazirligimizning asosiy kun tartibidan biri bo‘lib qolmoqda.

Boshqa tomondan, FETO terror tashkilotining xorijdagi faoliyat maydonini toraytirish, a’zolarining adolatdan va pul o‘tkazmalaridan qochishlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun ma’muriy choralar va sud jarayonlari kuchga kirdi. Turkiyada FETOning xorijiy tashkilot yetakchilariga qarshi ochilgan tergovlar doirasida ekstradatsiya talablarimiz ushbu shaxslar yashayotgan mamlakatlarga yetkazildi.

Shuningdek, xorijdagi FETOga aloqador ta’lim muassasalarini yopish, ularni FETO unsurlaridan tozalash va Turkiya Maarif fondiga o‘tkazishga urinishlarimiz davom etmoqda.

Sa’y-harakatlarimizning aniq natijalari xorijdagi vakolatxonalarimiz hissasi bilan davom etmoqda. Shu nuqtai nazardan, yangi avlod terror tashkiloti sifatida ta’riflanishi mumkin bo‘lgan FETOning o‘zini ko‘rsatishga harakat qilganidek ta’lim va xayriya ishlari bilan shug‘ullanuvchi bir ijtimoiy harakat emasligi, lekin siyosiy va iqtisodiy ambitsiyalarga ega qorong‘u va makkor tashkilot ekanligi xalqaro maydonda sekin bo‘lsa-da tushunila boshlandi.

Turli davlatlar va xalqaro tashkilotlar FETOni terror tashkiloti deb e’lon qildi. Shu nuqtai nazardan, 2016 yil 19 oktyabrda bo‘lib o‘tgan IHT(Islom Hamkorlik Tashkiloti) Tashqi ishlar vazirlarining 43-yig‘ilishida FETO terror tashkiloti deb e’lon qilindi; xuddi shunday qaror 2016 yil 1 dekabrda Osiyo Parlament Assambleyasi tomonidan qabul qilindi va 2017 yil 27 yanvarda IHT Parlament ittifoqining 12-konferensiyasida tasdiqlandi. Shu bilan birga, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi va Pokiston Oliy sudi 2018 yil 28 dekabrdagi qarori bilan FETOni terror tashkiloti sifatida belgiladi.

Uchinchi davlatlarda FETOga qarshi ogohlik, bu unsurlar faoliyatining bu davlatlar tomonidan yaqindan kuzatilishi va tergov qilinishiga olib keldi. FETOga aloqador tashkilotlarning turli mamlakatlardagi noqonuniy operatsiyalari fosh etildi.

Bugungi kunga qadar 45 davlatdagi FETOga aloqador maktablar va til kurslari faoliyati qisman yoki to‘liq to‘xtatildi va bu maktablardan 20 tasi Turkiya Maarif fondiga o‘tkazildi. Bundan tashqari, Turkiya Maarif fondi 32 davlatda yangi maktablar ochdi.

Bu sa’y-harakatlar tashkilotning xorijdagi a’zolariga nisbatan bosimni kuchaytirdi va tashkilotning xorijiy tuzilma va manevr maydonida jiddiy qisqarish kuzatildi.

FETOning global tarmog‘ida ko‘zga tashlanadigan parchalanish kuzatilayotgan bo‘lsa-da, tashkilot yolg‘on xabarlar orqali jabrlanuvchi bo‘lish hikoyasini yaratish, ommaviy axborot vositalarida qayta ko‘rinish olish va Turkiyaga dushman doiralar bilan hamkorlikni mustahkamlash uchun PR va lobbi imkoniyatlaridan foydalanadi.

Bizning FETOni xorijda qayta tiklanishiga qarshi qat’iyat bilan boshlagan harakatlarimiz davom etadi.

Mevlut Chavushog‘lu,

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri.