Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov olamdan o‘tdi

Bugun, 22 avgust kuni davlat va jamoat arbobi, “Do‘stlik” va “Mehnat shuhrati” ordenlari sohibi, Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Kamalov Karim Djamalovich vafot etdi. Karim Kamalovda shu yilning 25 iyul kuni koronavirus tasdiqlangani va shifoxonada davolanayotgani haqida xabar berilgan edi.

Karim Kamalov 2017 yildan  2020 yilning fevraliga qadar Buxoro shahri hokimi sifatida ishlagan, 2020 yilning fevralidan esa Bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan O‘ktam Barnoyev o‘rniga Buxoro hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.