Buxoroda 100 ming dollar pora talab qilgan «O‘zenergoinspeksiya» xodimi ushlangan
- 29.12.2023 11:26
- 163
- Jinoyat va jazo
Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, “O‘zenergoinspeksiya” Buxoro viloyati boshqarmasi mansabdor shaxsi S.A. “I.G.A.S. ” MChJga qarashli AYoQShda o‘tkazilgan tekshirish yakuni bo‘yicha mazkur shoxobcha faoliyatini tiklab berish, “B.A.Y.Q.” MChJga qarashli AYoQShga faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish, 2024 yilda nazorat organlari tomonidan tekshirish e’lon qilinganda, unga oldindan xabar berish evaziga 100 000 dollar pora talab qilgan.
U joriy yilning 28 dekabr kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda kimyoviy ishlov berilgan 50 000 dollarni pora tariqasida olgan vaqtida ushlangan. Mazkur holat bo‘yicha S.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Teglar:
pora
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa