Buxoroda sodir bo‘lgan favqulodda holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxorodagi magistral gaz quvurida sodir bo‘lgan avariyaga oid xabarlar tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 10 fevral kuni soat 11:26 da, «GAZLI» magstral gaz quvurlar boshqarmasiga qarashli diametri 1020 mm. bo‘lgan 26 kg. bosim ostidagi «Buxoro-Ural» quvurining yer ostidan o‘tgan 106 kilometrida (eng yaqin aholi maskani Romitan tumani Qizilrabot MFYdan 40 km uzoqlikda) avariya sodir bo‘lgan.

Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida soat 11:30da muruvatlar yopilib, qoldiq gazlarni chiqib ketishi kuzatilgan. Hozirda avariya to‘liq bartaraf etilgan.

Voqea joyiga viloyat yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan.