Buyuk bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan sobiq “ikkichi”lar

Farzandlarining maktablardagi a’lo baholarga o‘qishi ota-onalar uchun g‘urur manbai ekanligini hech kim inkor etmaydi. Biroq ba’zida davomati sust, o‘qishi ham shunchaki va faqat shahodatnoma olish istagida o‘qigan kishilar hayotda katta yutuq va muvaffaqiyatlarga erishgan holatlar ham bo‘lgan. Bugun ta’lim olishda o‘z tirishqoligi bilan ajralib turmagan mashhur “quloqsiz o‘quvchi”lar ro‘yxatini taqdim etamiz.

Uinston Cherchill

Фото №2 - 10 великих двоечников

Oilada to‘ng‘ich farzand bo‘lgan Britaniya davlat va siyosat arbobi Uinston Cherchill bolaligida uni qiziqtirmasligi sabab o‘qishga unchalik g‘ayrat qilmasdi. O‘qituvchilari bolaning qobiliyatli ekanligini ham inkor qilmagan. Ko‘pincha Cherchillni o‘qilishi qiyin bo‘lgan kitoblar mutolaa qilayotgan paytda topish mumkin edi. Biroq, bola maktab darsliklariga qiziqmagan va maktabda faol bo‘lmagan. Shunday bo‘lsa-da, aynan Cherchill adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi.

Sergey Korolyov

Buyuk raketasoz olim Sergey Korolyovning nazorati ostida kosmik raketalar uchirilgan. Ammo u maktabda ko‘pincha kamtarona "3" baho olgan.

Richard Brenson

Turli yo‘nalishdagi 400 ga yaqin kompaniyani o‘z ichiga olgan Virgin Group asoschisi Richard Brenson bolaligida qat’iyatsizligi va uyatchanligi bilan ajralib turardi. Maktabdagi taxta oldida bola o‘zini yo‘qotib qo‘yardi, u hatto duduqlanar edi. Ammo keyinchalik bu odam haqiqiy moliyaviy magnatga aylandi va multimillioner bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi.

Isaak Nyuton

Ingliz fizigi, matematik, mexanik va astronom, klassik fizikaning asoschilaridan biri Isaak Nyuton o‘z sinfidagi eng uquvsiz bola deb topilgan. Kunlarning birida bola do‘sti bilan yoqalashib qoldi. Shundan so‘ng Nyuton raqibini faqat intellektual tarzda mag‘lub etishga qaror qildi. Bu esa ko‘p harakat talab qilmadi va u tez orada yomon o‘quvchidan sinfining eng yaxshi o‘quvchisiga aylandi.

Napoleon Bonapart

1804-1815 yillardagi fransuzlar imperatori, zamonaviy Fransiya davlatining asoschisi, qo‘mondon va davlat arbobi Napoleon maktabda faqat matematikani yaxshi ko‘rgan. Boshqa fanlar esa unga juda qiyin bo‘lgan.

Lyudvig van Betxoven

Klassik musiqaning asosiy namoyandasi, dunyoda asarlari eng ko‘p ijro etiladigan bastakorlardan biri Lyudvig van Betxoven maktabda istar-istamas o‘qigan. U na matematika, na boshqa fanlarga qiziqqan, biroq pianino, organ va skripka chalishni qoyilmaqom qilib o‘zlashtirgan. Yetti yoshida u o‘zining birinchi konsertini berdi.

Aleksandr Pushkin

Rus shoiri, dramaturg, adabiyot nazariyachisi va adabiyotshunos, tarixchi, publitsist va jurnalist, 19-asrning eng obro‘li adabiyotchilaridan biri Aleksandr Pushkin litseyda o‘qigan. Buyuk shoir o‘qituvchilarini o‘zining fanlarni a’lo darajadagi o‘zlashtirishi bilan mamnun qila olmagan.

Anton Chexov

Jahon adabiyotining klassik yozuvchilaridan biri, akademik va shifokor, dunyodagi eng mashhur daramaturglardan biri Anton Chexovning asarlari maktablarda faol o‘rganiladi. Ammo mashhur hikoyalar muallifi bir sinfda ikki marta qoldirilganligini hamma ham bilmasa kerak.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.