Buyuk Britaniya yangi bosh vaziri asosiy vazirlarni tayinladi va elektr to‘lovlarini muzlatish uchun 130 milliard funt sterling sarflashini ma’lum qildi

Qirolicha Yelizaveta II saylangan bosh vazir Liz Trass hukumatidagi asosiy vazirlarni tasdiqladi. Bu haqda bosh vazirning Dauning-stritdagi idorasi xabar bermoqda.

Avvalgi bosh vazir kabineti Boris Jonsonning iste’fosi bilan birga tarqatib yuborilgan edi.

5 sentyabr kuni Buyuk Britaniyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Liz Trass qirollikning yangi bosh vaziri, shuningdek, Britaniya Konservativ partiyasi rahbari bo‘ldi.

Liz Trass oddiy iste’molchilar uchun elektr energiyasi va gaz narxining keskin oshishi muammosini hal etishi kutilayotgan chora-tadbirlarni tayyorladi, deb xabar bermoqda Bloomberg.

Agentlik manbalariga ko‘ra, Trass va uning jamoasi tomonidan tayyorlangan mexanizm o‘rtacha britaniyalik oila uchun elektr energiyasi to‘lovlari chegarasini yiliga 1,971 ming funt sterling (2,3 ming dollar) darajasida belgilab beradi.

Rejalashtirilgan chora-tadbirlar kelgusi 18 oy ichida mamlakat byudjetiga 130 milliard funt sterling tushishi kutilmoqda.