Charxin qo‘rg‘onida zamonaviy MTT foydalanishga topshirildi

Past Darg‘om tumanidagi Charxin qo‘rg‘onida zamonaviy talablar asosida yangidan qurib bitkazilgan 14-MTT foydalanishga topshirildi.
Ushbu sovg‘a tuman ahli uchun haqiqiy bayramga aylandi. Bolajonlarning sho‘x-shodon kulgisi, raqsga tushishi barchani quvontirdi.
Mazkur MTT 125 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 3 ta mahallaga xizmat ko‘rsatadi. Zamon talablariga to‘la javob beradigan mazkur muassasada bolajonlarni komil inson qilib tarbiyalash uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
E’tiborlisi, ushbu MTTga onlayn tarzda ishlaydigan videokuzatuv moslamalari o‘rnatilgan bo‘lib, ota-onalar ishda yoki uylarida o‘tirib ham bemalol farzandini kuzatib o‘tirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.