Chegarada 1300 ga yaqin freon gaz ballonlari olib o‘tayotganlar qo‘lga olingan
Bojxona qo‘mitasi xabarida tarkibida ozon qatlamiga zarar yetkazuvchi moddalar bo‘lgan deb aytilgan mazkur buyumlar olib o‘tuvchi shaxslar qo‘lga olingan. Ular bu buyumlarni yashirincha olib o‘tmoqchi bo‘lgani aytilmoqda.
Mazkur shaxslar olib o‘tayotgan yuk avtotransport vositasiga qiymati 21 ming AQSh dollarini tashkil qiluvchi salkam 21,7 tonna og‘irlikdagi tarkibida ozonni buzuvchi moddalar bo‘lgan 3 turdagi 1290 dona freon gaz ballonlari ortilgan bo‘lgan.
Ammo, tovarlarni ko‘zdan kechirish jarayonida mazkur freonlarning qadoqlaridagi 22 raqami qo‘lbola tarzda yopishqoq yorliqlar ko‘magida 134 raqamiga o‘zgartirilgani fosh bo‘lgan.
Ya’ni, «Xlordiftormetan R22» moddasini hujjatlarda go‘yoki «Tetraftoretan 134a» tarzida ko‘rsatish orqali yuk egalari ushbu tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalarsiz olib kirmoqchi bo‘lishgan.
Hozirda qiymati 2,7 mlrd. so‘mlik 1290 dona freon gaz ballonlari vaqtinchalik saqlovga olingan. Mazkur holatlar yuzasidan esa bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.