Chet eldan qaytishni istamaganlarning fuqarolikdan chiqarilishi haqidagi xabar rad etildi
- 08.04.2020 20:09
- 204
- O‘zbekiston
Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonga qaytishni istamagan shaxslar mamlakat fuqaroligidan mahrum qilinishi haqidagi xabarlarni inkor qildi.
Ma’lum qilinishicha, Tashqi ishlar vazirligiga chet eldagi, ayniqsa, qo‘shni mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalarga ham shu mavzuda ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.
“Ushbu xabar esa hech bir rasmiy manbalarda e’lon qilinmagani sababli haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilamiz”, deyilgan xabarda.
Vazirlik fuqarolardan asossiz xabarlarni tarqatmaslikni, ijtimoiy tarmoqlardagi biror ma’lumotni bo‘lishishdan oldin uni rasmiy manbalar orqali tekshirib ko‘rishni so‘ragan.
Teglar:
TIV
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa