Chigirtka qanchalik zararli? Viloyatimizda uning tarqalish xavfi bormi?

Viloyatimizning tog‘ va tog‘ oldi yaylovlarida joriy yilgi mavsumda 66 ming gektar maydonda zararli chigirtkalarga qarshi kimyoviy ishlovlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 25 aprel holatiga ko‘ra, jami 25,2 ming gektar maydon kuzatildi va 21 ming gektarda tarqalgan zararli chigirtkalarga qarshi 19 ming gektarda zararli chigirtkalarga qarshi kimyoviy ishlovlar o‘tkazildi.
Shundan Nurobod, Qo‘shrobot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq tumanlaridagi yaylovlar, qir-adirlar, tog‘ va tog‘ oldi hududlarida kimyoviy ishlov berish ishlari boshlandi. Tog‘ va tog‘ oldi yaylovlarida “Marokash” va “Italiya prusi” kabi zararli chigirtkalarga qarshi kimyoviy ishlovlar o‘tkazilmoqda.
2025 yilgi mavsumda viloyat hududlarida zararli chigirtkalarni tarqalishining oldini olish maqsadida agronom-nazoratchilar tomonidan tog‘ va tog‘ oldi yaylovlarida kuzatuv-nazorat ishlari olib borilmoqda.
Viloyatimizda chigirtkalarning 10 dan ziyot turlari bor, shulardan asosan 2 ta turi “Italiya Prusi” va “Marokash” chigirtkalariga qarshi kimyoviy ishlov o‘tkiziladi. Chunki bu turdagi chigirtkalar barcha qishloq xo‘jaligi ekinlariga, yashil o‘simliklarga katta zarar yetkazadi. Chigirtkalarning zararlisi, ya’ni bizlar kimyoviy ishlov o‘tkazadigan “Marokash” chigirtkalari yilning kelishiga qarab mart oyi oxiri aprel oyi boshlarida tuxumdan chiqadi. Shundan iyun oyi oxirlarigacha hayoti davom etadi. Chigirtkalar faollashishi yilning kelishiga qarab iyun oyining birinchi o‘n kunligidan boshlanib, 7-10 kun davom etadi.
Baxtigul G‘aniyeva,
viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati rahbari.