Chinorni noqonuniy kesgan fuqaro 10 tup daraxt ko‘chati ekib parvarishlaydigan bo‘ldi
- 16.06.2020 10:00
- 290
- Samarqand
O‘tgan kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahri Rudakiy ko‘chasida tunda yo‘l chetidagi daraxtlarni kesib ketishayotganligi aks etgan video lavha e’lon qilingan edi.
Mazkur masalaga oydinlik kiritish maqsadida shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi nazorat inspektorlari tomonidan surishtiruv-o‘rganish ishlari olib borildi.
Kuzatishlar davomida Samarqand shahrida yashovchi fuqaro H.T. tomonidan 1 tub chinor daraxti noqonuniy kesib ketilganligi aniqlandi. Huquqbuzarga nisbatan qonunda belgilangan talablar asosida chora ko‘rildi. Ya’ni, H.T.ga tabiatga yetkazgan zararini qoplash maqsadida kesilgan chinor daraxti o‘rniga 10 tup qimmatbaho navli daraxt ko‘chatini ekish va parvarishlash vazifasi yuklatildi.
Samarqand viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati.