Chiqit arimaydigan ko‘cha bir necha kunda zamonaviy qiyofaga kirdi

Samarqand shahridagi bir necha yillardan beri toza bo‘lmaydigan Ulug‘ Tursunov ko‘chasi yaqinda viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan juda qisqa fursatda yangi qiyofaga kirdi.

Darvoqe, yaqinda saytimizda shu masalada “Toza bo‘lmaydigan ko‘cha” sarlavhasi ostida tanqidiy maqola berilgan edi.

Bugun esa holat umuman boshqacha - ko‘chaning bir qismi asfalt qilindi, atrofi obodonlashtirilib, yonlariga piyodalar uchun yo‘lakcha tashkil etildi.

Ko‘cha bunday go‘zal qiyofaga kirgach, hartugul uning har yeriga chiqindi tashlash odati ham bartaraf etildi. Eng ahamiyatlisi, ko‘cha boshida shu atrofdagi, ya’ni Ko‘ksaroy mahallasi bolajonlari uchun yangi bolalar maydonchasi, zamonaviy mini-stadion tashkil etildi.

Mana, bo‘larkan-ku!