COVID-19'ga chalingan bemorga osma ukol buyurgan shifokorlar javobgarlikka tortiladi

Tibbiyot fanlari doktori, professor Mashhura Zohidova koronavirus bilan bog‘liq savollarga quyidagicha javob berdi:

- Pnevmoniya kelib chiqishigayam mana shu osma ukol sabab bo‘lyapti. Ukol orqali tanaga suyuqlik yuborganlik natijasida yurak uni o‘zlashtirolmayapti, shuningdek, o‘pka alveolalari suvga to‘lib qolyapti. Shu sababli bemorlarda kislorod ishlab chiqarish to‘xtab qolyapti va saturatsiya tushib ketyapti.

Ko‘p bemorlarda vaziyat og‘irlashayotgani uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi shifokor va hamshiralardan bemorlarga osma ukol yozmasligi haqida tilxat olyapmiz.

Aholi orasida osma ukolning zararli oqibatlari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib boryapmiz.

Koronavirusga chalingan bemorga shifokor tomonidan osma ukol buyurilsa, javobgarlikka tortiladi.