Dahshatli voqealar kelishidan oldin qo‘rqinchli tuyuladi, kelganida esa asta-sekin kundalik hayotimizga aylanadi

Alber Kamyuning “Vabo” kitobidan muhim va haqiqatga yaqin iqtiboslar:

Vabo mantiqsiz yovuzlik sifatida har qanday shaharda va istagan vaqtda kelishi mumkin. Uni aql-idrok bilan tushunib ham, taxmin qilib ham bo‘lmaydi. Bu ofat to‘satdan keladi va to‘satdan yo‘q bo‘lib ketadi. Shu bilan birga, falokat haqiqatan ham kelib, kundalik voqelikka aylanib qolishiga ishonish juda qiyin.

***

Urush shiddat bilan boshlanganida, odatda odamlar: “U uzoq davom eta olmasligi muqarrar. Negaki, bu o‘ta bema’nilikdir”, deydi. Darhaqiqat, urush haqiqatan ham ahmoqona ish. Ammo bu uning uzoq vaqt davom etishiga to‘sqinlik qilmaydi”.

***

Ehtimol, urush kabi bema’nilik mavjuddir. Chunki bu tomoshadan insoniyat yo‘qotishlarini tasavvur qilish qiyin. Ong yo‘qotishlar son-sanog‘ini qabul qilishdan bosh tortadi.

***

Axir, yuz million o‘lik nima degani? Urushni boshdan kechirgandan so‘ng, hatto bitta murda nima ekanligini tasavvur qilish qiyin emas. Agar jasadni ko‘rganingizda o‘lgan birgina odam sizga ahamiyatli tuyulsa, demak, insoniyat tarixida yoyilgan yuz million jasad mohiyatan ongni qoplaydigan tutun pardasidir.

***

Hatto eng dahshatli voqealar ham oxir-oqibat kelishidan oldin nihoyat qo‘rqinchli bo‘lib tuyuladi va biz ularning shiddatli hujumidan qo‘rqib yashaymiz. Falokat kelganida esa u asta-sekin bizning kundalik hayotimizga aylanadi.

***

Ba’zilar “Bu bor-yo‘g‘i vabo, biz vaboni boshimizdan kechirgan edik”, deyishadi. Ajab emaski, ular buning uchun yorliqlar talab qila boshlaydi... Ammo vabo o‘zi nima? U ham bir hayot”.

Bahora MUHAMMADIYeVA tayyorladi.