Dam olish kunlari havo harorati +18 daraja iliq bo‘ladi, shanba kuni yomg‘ir yog‘adi

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, bugun O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Ertaga kunning ikkinchi yarmida Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Yakshanba kuni O‘zbekiston bo‘ylab yana yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechasi va ertalab Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va Toshkent viloyatining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi. 10-12 noyabr kunlari respublikaning ba’zi joylarda shamol tezligi soatiga 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 11 va 12 noyabr kunlari kechga tomon yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, Toshkent viloyatining ba’zi joylarida yog‘ingarchilik kuchli bo‘ladi.

Dam olish kunlari havo harorati kechasi +3...+8 daraja kunduzi +13...+18 daraja iliq bo‘ladi.