Dam olish kunlari havo harorati +35 darajagacha ko‘tariladi, dushanbadan salqin havo massasi kirib keladi
O‘zgidromet xabariga ko‘ra, shanba va yakshanba kunlari hududlarning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.
Faqat Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo bulutli bo‘lib, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, shuningdek momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Cho‘l hududlarda va shimolda ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatiladi.
Ushbu kunlarda havo harorati kechalari +14...+19 darajani, kunduz kunlari +30...+35 darajani tashkil etadi, bu me’yoriy qiymatlardan 6-8 daraja yuqori bo‘ladi, degani.
Samarqandda ham harorat yuqori bo‘lib, dam olish kunlari kechasi +15...+17, kunduzi +29...+31 darajagacha issiq bo‘ladi.
18-20 aprel kunlari esa O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Erondan nam havo, so‘ngra Volga bo‘yi hududlaridan nisbatan salqin havo massasi kirib keladi. Natijada ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Jumladan:
- 19 aprelda Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi;
- 19-20 aprelda Samarqand, Jizzax viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi;
- 20 aprelda Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi;
- 19-20 aprelda respublikaning ayrim joylarida do‘l yog‘ishi mumkin.
18-20 aprelda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 18 aprelda ba’zi joylarda chang to‘zon bo‘lishi kuzatiladi.
19-20 aprelda kunduzgi havo harorati 18-23 darajagacha pasayadi.