Dam olish kunlari mamalakatimizda qanday ob-havo kuzatiladi?

"O‘zgidromet" xabar berishicha, dam olish kunlari butun mamlakat hududida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, kuchsiz shamol esadi.

Faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlari tog‘li tumanlarida 2-3 oktyabrda ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga o‘tishi mumkin.

3 oktyabrda ertalab va kechqurun tuman tushishi mumkin.
Harorat iqlimiy me’yorlarga yaqin bo‘lib, kechasi 5-10 daraja, kunduzi 22-25 daraja atrofida saqlanib turadi.